Samsung Tab Active Pro - Manuale d'uso - Pagina 179
Tavoletta Samsung Tab Active Pro – Manuale d'uso, leggi gratuitamente online in formato PDF. Speriamo che questo ti aiuti a risolvere eventuali dubbi. Se hai ulteriori domande, contattaci tramite il modulo di contatto.
O'zbek
625
Qurilma qizib ketgan paytda unga teginmang. Aks holda past haroratda ham kuyib qolishingiz,
qizarish yoki teringiz pigmentatsiyaga uchrashi mumkin
•
Qurilmadan uzoq vaqt davomida foydalanganda uning qizib ketishidan ehtiyot boling hamda unga teginib
ketishdan himoyalaning.
•
Qurilmangiz quvvat olayotganda yoki quvvat manbaiga ulangan paytda uning ustiga o‘tirib olmang yoki
uzoq vaqt davomida teringiz bilan bevosita teginib turmang.
•
Odamlarda yuqori haroratga chidamlilik darajasi farq qiladi. Bolalar, katta yoshdagilar va imkoniyati
cheklangan odamlar qurilmadan foydalanayotganda qo‘shimcha ehtiyot choralarini ko‘ring.
Orqa qopqog‘i olib tashlanganda qurilmangizdan foydalanmang
Qurilma batareyasi chiqib ketishi mumkin va bu qurilma ishiga zarar yetkazishi mumkin.
Kamera obyektivini tikka quyosh nurlari kabi kuchli yorug‘lik ostida qoldirmang
Agar kamera obyektivi tikka quyosh nurlari kabi kuchli yorug‘lik ostida qoldirilsa, kameraning tasvir sensoriga
zarar yetishi mumkin. Zararlangan tasvir sensorini almashtirib bo‘lmaydi va u rasmlarda dog‘ va nuqtalarni
paydo qilishi mumkin.
Agar qurilmangiz kamera fleshi yoki chirog‘iga ega bo‘lsa, uni insonlar yoki hayvonlar ko‘zlariga yaqin
masofada ishlatmang
Fleshni ko‘zga yaqin masofada ishlatish ko‘rish imkoniyatini yo‘qotishi yoki ko‘zni shikastlashi mumkin.
Fleshdan foydalanayotgan vaqtda ehtiyot bo‘ling
•
Qurilmangizdan foydalanish vaqtida, xonadagi chiroqlarni yoqilgan holda qoldiring va ekranni
ko‘zlaringizga juda yaqin keltirmang.
•
Videolarni tomosha qilayotgan vaqtda yoki uzoq vaqt davomida Flesh-asosli o‘yinlardan foydalanishda
doimiy ravishda flesh chiroqlar ta’siri ostida bo‘lganligi sababli hushdan ketish holatlari yuzaga kelishi
mumkin. Agar noqulayliklar yuzaga kelsa, qurilmadan foydalanishni darhol to‘xtating.
•
Agar Sizga ma’lum bo‘lgan biror shaxs bunday holatni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa, qurilmani ishlatishdan
oldin shifokorga murojaat qiling.
•
Agar Siz mushak spazmasi, mo‘ljal yo‘qotilishi kabi noqulayliklarni his qilgan bo‘lsangiz, qurilmani ishlatishni
darhol to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.
•
Ko‘z toliqishini oldini olish uchun qurilmadan foydalanayotganda tez-tez qisqa tanaffuslar qiling.
Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar ehtimolini kamaytiring
Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog‘ingizni tekkizish yoki o‘yinlar o‘ynash kabi
harakatlarni takroriy ravishda amalga oshirish oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki
tanangizning boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin. Qurilmangizni uzoq muddat
davomida ishlatganingizda, uni erkin holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing.
Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni his qilsangiz, qurilmadan foydalanishni
to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
"Caricamento dell'istruzione" significa che è necessario attendere finché il file non è caricato e pronto per la lettura online. Alcune istruzioni sono molto grandi e il tempo di caricamento dipende dalla velocità della tua connessione a Internet.