Samsung Tab Active Pro - Manuale d'uso - Pagina 174

Samsung Tab Active Pro

Tavoletta Samsung Tab Active Pro – Manuale d'uso, leggi gratuitamente online in formato PDF. Speriamo che questo ti aiuti a risolvere eventuali dubbi. Se hai ulteriori domande, contattaci tramite il modulo di contatto.

Caricamento dell'istruzione

O'zbek

620

Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida foydalanmang

Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan batareyalar, zaryadlash qurilmalari, aksessuarlar va
ta’minotdan foydalaning

Umumiy batareyalar va zaryadlash qurilmalaridan foydalanish, qurilmaning xizmat ko‘rsatish muddatini
qisqartirishi yoki uning buzilishiga olib kelishi mumkin. U yong‘in kelib chiqishiga yoki batareyaning
portlashiga sabab bo‘lishi mumkin.

Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun mo‘ljallangan batareya, zaryadlash
qurilmasi va kabellardan foydalaning. Mos kelmaydigan batareya, zaryadlash qurilmasi va kabel jiddiy
shikastlanishga olib kelishi yoki qurilmangizga zarar yetkazishi mumkin.

Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlar va ehtiyot qismlardan foydalanilgan taqdirda, Samsung
qurilma foydalanuvchisining xavfsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingizda olib yurmang

Agar qurilma katta bosim bilan bosilsa, qurilmaga zarar yetishi, u portlashi yoki yonib ketishi mumkin.

Biror narsaga urilsangiz yoki yiqilsangiz Sizga shikast yetishi mumkin.

Qurilmani tushirib yubormang yoki uni shikastlovchi harakatlar qilmang

Bu qurilma yoki batareyaga shikast yetkazishi, qurilmaning buzilishi yoki xizmat qilish muddatining
qisqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek bu qizib ketish, kuyish, yong‘in chiqishi yoki boshqa xavflarga sabab bo‘lishi mumkin.

Qurilma va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va joylashtiring

Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Qurilma yoki batareyalarni mikroto‘lqinli pech,
duxovka va radiatorlar kabi qiziydigan qurilmalar ustiga yoki ichiga qo‘ymang. Qurilma qiziganda portlab
ketishi mumkin. Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab yuborishda mahalliy qonunlarga rioya qiling.

Hech qachon qurilmani bo‘laklarga ajratmang yoki teshmang.

Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa tutashuv yoki qizib ketishga sabab bo‘lishi
mumkin.

Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan himoyalang

Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda qoldirmang.

Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va qurilma va batareyaning xizmat qilish
muddatini kamaytirishi mumkin.

Batareyaning musbat va manfiy uzatgichlarini bir-biriga ulamang va ularning metall obyektlar bilan
tutashishining oldini oling. Bunday qilish batareyaning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Qobig‘i qatlamlangan yoki buzilgan kabelni ishlatmang, shuningdek buzilgan yoki noto‘g‘ri bo‘lgan
zaryadlash qurilmasi yoki batareyadan foydalanmang.

Batareya tarkibi oqib ketganda, qurilmani yoqmang yoki undan foydalanmang.

"Caricamento dell'istruzione" significa che è necessario attendere finché il file non è caricato e pronto per la lettura online. Alcune istruzioni sono molto grandi e il tempo di caricamento dipende dalla velocità della tua connessione a Internet.