Saeco SM6580/10 - Manuale d'uso - Pagina 40

305
O'zbek
Qahva donlari bilan qahva damlash
1
Qahva damlash uchun oʻz tanlovingizga (Rasm 2) muvofiq sutli ichimlik belgisini yoki “More drinks”
belgisini bosing (Rasm 3).
-
Endi siz ichimlikni oʻzingizga manzur taʻmga rostlashingiz mumkin (Rasm 4). Qahva achchiqligini
rostlash uchun tepaga va pastga strelkalaridan foydalaning (Rasm 5). Boshqa sozlamalarni rostlashni
istasangiz, OK belgisini bosing (Rasm 6).
2
Tanlangan ichimlikni damlashni boshlash uchun istalgan vaqtda start/stop tugmasini bosing.
3
Qahva quyishni, mashina ishni yakunlaguncha toʻxtatish uchun start/stop tugmasini qaytadan bosing.
Bir vaqtda 2 finjon qahva damlash uchun ichimlik belgisini ikki marta bosing yoki tegishli panelni
aylantirib 2x belgisini tanlang.
Karamellangan yoki xushboʻylantirilgan qahva donlarini ishlatmang.
Sutli ichimliklar damlash
1
Suv idishni joʻmrak suvi bilan, qahva doni bunkerini esa qahva doni bilan toʻldiring.
2
Sut idish qopqogʻini burab oching va uni sut bilan toʻldiring (Rasm 7). Keyin metall sut naychasini idishga
soling.
Maqbul natijalar uchun har doim bevosita sovitkichdan olingan sutni ishlating.
3
Egiluvchan sut naychasini kapuchinatorga ulang (Rasm 8).
4
Oʻz tanlovingizga qarab sutli ichimlik belgisini bosing (Rasm 9) yoki boshqa ichimlikni tanlash uchun
“More drinks” belgisini bosing (Rasm 3).
-
Endi ichimlikni oʻz taʼbingizga manzur tarzda rostlashingiz mumkin (Rasm 10).
5
Start/Stop tugmasini bosing.
-
Maxsus ichimliklar uchun mashina avval sut, keyin esa qahva quyadi. Boshqa bir qator ichimliklar
uchun buning teskarisi – mashina avval qahva, keyin esa sut quyadi.
-
Mashina dastlabki belgilangan miqdorda quyishidan avval sut quyishni toʻxtatmoqchi boʻlsangiz,
start/stop tugmasini bosing.
6
Mashina ishni yakunlashidan avval tayyor ichimlik (sut va qahva) quyishni toʻxtatmoqchi boʻlsangiz,
start/stop tugmasini bosib turing.
7
Sut quyilishi bilanoq “HygieSteam Shot” funksiyasi bajariladi. Mashina ichki sut tizimini tez chayish uchun
uning ichiga bugʻ haydaydi.
Yanchilgan qahvadan qahva damlash
1
Qopqoqni egib, birlamchi yanchilgan qahva boʻlmasiga bir oʻlchov meʼyorida birlamchi yanchilgan qahva
soling (Rasm 11).
2
Ichimlikni tanlagach, birlamchi yanchilgan qahva bandini tanlash uchun tepaga va pastga qaragan
strelkalardan foydalaning (Rasm 12). Keyin Start/Stop tugmasini bosing.
Izoh: Agar birlamchi yanchilgan qahvani tanlasangiz, qahva achchiqligini rostlay olmaysiz va bir vaqtda bir
finjondan ortiq qahva damlay olmaysiz.
Qaynoq suv quyish
1
Ichki kapuchinator mashinaga toʻgʻri biriktirilganiga ishonch hosil qiling (Rasm 13).
2
Finjonni joʻmrak ostiga qoʻying.
3
“More drinks” belgisini bosing (Rasm 3) va “Qaynoq suv” bandini tanlash uchun aylantiring.
"Caricamento dell'istruzione" significa che è necessario attendere finché il file non è caricato e pronto per la lettura online. Alcune istruzioni sono molto grandi e il tempo di caricamento dipende dalla velocità della tua connessione a Internet.
Altri modelli di macchine da caffè Saeco
-
Saeco SM6480/00
-
Saeco SM6582/30
-
Saeco SM6585/00