Philips Saeco SM8780/00 - Manuale d'uso - Pagina 47

Macchina da caffè Philips Saeco SM8780/00 – Manuale d'uso, leggi gratuitamente online in formato PDF. Speriamo che questo ti aiuti a risolvere eventuali dubbi. Se hai ulteriori domande, contattaci tramite il modulo di contatto.
358
O'zbek
Yanchilgan qahvadan qahva damlash
Yanchilgan qahvadan qahva damlash uchun quyidagi oddiy amallarni bajarishingiz kerak.
1
Yanchilgan qahva boʻlinmasining qopqogʻini oching va ichiga bir oʻlchovli qoshiqda yanchilgan qahva
soling. Keyin qopqoqni yoping.
2
Ichimliklar belgisini bosing, chapdan oʻngga suring va ichimlikni tanlang.
3
Yanchilgan qahva boʻlinmasi belgisini bosing.
4
Sozlanuvchi panellarni yuqoriga va pastga surish orqali sozlamalarni xohishingizga moslashingiz
mumkin.
5
Tanlangan ichimlikni damlashni boshlash uchun start/stop belgisini bosing.
Agar birlamchi yanchilgan qahvani tanlasangiz, qahva qattiqligini sozlay olmaysiz va bir vaqtda bir
finjondan ortiq qahva damlay olmaysiz.
Qaynoq suv quyish
1
Ichki kapuchinator mashinaga toʻgʻri biriktirilganini tekshiring (Rasm 1).
2
Finjonni dispenser tagiga qoʻying.
3
“Qaynoq suv” bandini bosing (Rasm 2).
4
Qaynoq suv miqdorini yoki haroratini oʻzingizga kerakli qilib oʻzgartirish uchun sozlanuvchi panellarni
yuqoriga va pastga suring (Rasm 3).
5
Start/Stop belgisini bosing.
6
Mashina yakunlashidan avval issiq suv quyishni toʻxtatish uchun start/stop belgisini (faqat SM8780,
SM8782, SM8785) qayta bosing yoki stop belgisini (faqat SM8885, SM8889) qayta bosing.
Moslashtirish
Bu mashina ichimlik xususiyatlarini sizning istagingizga qarab oʻzgartirish va oʻzgartirilgan ichimlikni shaxsiy
profilga saqlab qoʻyish imkonini beradi. Oʻz belgingiz va profil nomingizni tanlashingiz mumkin.
BeanMaestro funksiyasi bilan donlarning eng yaxshi taʼminini oling
BeanMaestro bilan donlaringiz turi va qovurilishini tanlashingiz mumkin. U keyin mashina qahva donlarining
eng yaxshi taʼmini chiqarish uchun damlash sozlamalarini avtomatik optimallaydi.
1
Asosiy menyudagi Donlar belgisini bosing (Rasm 4).
2
BeanMaestro funksiyasini bosing (Rasm 5).
3
Donlar turini tanlang. Arabica va Robusta aralashmasi orasidan tanlashingiz mumkin.
4
Donlaringizning qovurilish darajasini tanlashingiz mumkin.
5
Damlash sozlamalari avtomatik optimallanadi.
6
Keyingi qahvangizdan bahra oling.
"Caricamento dell'istruzione" significa che è necessario attendere finché il file non è caricato e pronto per la lettura online. Alcune istruzioni sono molto grandi e il tempo di caricamento dipende dalla velocità della tua connessione a Internet.
Altri modelli di macchine da caffè Philips
-
Philips 5000 HD5120/00
-
Philips HD5120/00
-
Philips HD7584
-
Philips HD8827
-
Philips HD8827/09 3000 Series
-
Philips LM8012-60
-
Philips LM8014-60
-
Philips Saeco SM8889/00